logo

O'zbekistonda ish haqi holati. 2021-yil, Noyabr

20.11.2021

cover image

Ishhaqi.uz so’rovnomasiga ko’ra, 2021-yil noyabr holatiga, O’zbekistonda o’rtacha brutto maosh 3 mln so’mni tashkil qiladi.

Erkaklar o’rtacha 3.2 mln so’m maosh olsa, ayollarga 2.1 mln so’m, ya’ni erkaklarga nisbatan 35 % kamroq maosh to’lanmoqda.

Poytaxtliklar, tabiiyki, eng ko’p (o’rtacha brutto maosh 3.9 mln so’m) daromad topish bo’yicha yetakchilik qilayotgan bo’lsa, jizzaxliklar o’rtacha 2 mln so’m daromad bilan regionlar bo’ylab reytingda eng quyi pog’onoda.

San'at, tibbiyot va ijtimoiy himoya soha vakillari o’rtacha 2 mln so’m maosh bilan O’zbekistonda eng kam daromad topuvchilar bo’lsa, eng ko’p (4.5 mln so’m) daromadi bilan, eng birinchi navbatda, har doimgidek IT sohasida faoliyat olib boruvchilar maqtana oladi.

Ma'lumot darajasiga ko'ra, o'rtacha oylik maosh quyidagicha ko'rinishga ega: o'rta ma'lumot (2.5 mln), o'rta-maxsus ma'lumot (2.3 mln), bakalavr (3.3 mln), magistr (3.5 mln), PhD (4 mln). 
 Maoshlar brutto (soliq va boshqa ayirmalardan oldingi) holda ko'rsatildi.



Sizga berilayotgan maosh adolatlimi?

O'zingiz uchun maxsus bepul ish haqi taqqoslovini oling.

Maoshingizni taqqoslab ko'ring